info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
Bo‘limlar va markazlar Bo‘limlar va markazlar

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Yuldashev Baxtiyor Bazarbayevich
+998-69-210-92-00 rttm@namspi.uz 49 marta ko‘rilgan

Yuldashev Baxtiyor Bazarbayevich, 1989- yil 21- yanvarda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1995-2006- yillarda Yangiqo‘g‘on tumanidagi 44- hamda 33- maktablarda tahsil olgan. Namangan davlat universitetida 2009-2013- yillarda Tasviriy san’at va muhandislik grafiaksi bo‘yicha bakalavriat, 2017-2019- yillarda Tasvirit san’at va amaliy bezag san’ati mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.


2006- yildan Namangan davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan. 2009-2009- yillarda Axborot texnologiyalari markazi tizim dasturchisi, 2012-2013- yillarda Axborot texnologiyalari markazi Tarmoq administratori, 2013-2014- yillarda Axborot texnologiyalari markazi Muhandis dasturchisi, 2014-2017- yillarda Axborot texnologiyalari markazi O‘quv ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotni tadbiq etish bo‘limi boshlig‘i, 2019-2023- yillarda Namangan davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.


2023-yildan Namangan davlat pedagogika instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. 


Yuldashev Baxtiyor Bazarbayevich 2019- yil sentabr-dekabr oylarida Oliy ta’lim sohasiga AKT ni keng joriy etish hamda Ijtimoiy media texnologiyalari va ilovalari sohasida Xitoy xalq respublikasining nufuzli kompaniyasi bo’lgan Huawei kompaniyasida va Hindiston Respublikasining C-DAC markazida malaka oshirgan. Hozirgi kunda Yuldashev Baxtiyor Bazarbayevich Toshkentdagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazining IBT TOPIK Test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Namangan viloyati IT menedgeri xisoblanadi. 


Yuldashev Baxtiyor Bazarbayevich tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan dunyoning yetuk IT gigantlari bo‘lgan Google, cPanel, Proxmox va JetBrains kompaniyalari bilan hamkorlikda, mazkur kompaniyalarning Ta’lim litsenziyalari doirasida Namangan davlat pedagogika institutiga yiliga $200 000 ga yaqin investitsion loyihalar jalb etilgan.


Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i boshchiligidagi jamoa institutda Ta’limni raqamlashtirish borasida 2026 yilda jami sun’iy intekkectga asoslangan 4 ta web loyihalar ishlab chiqilgan. https://dc.namspi.uz, https://ai.namspi.uz, https://journal.namspi.uz, https://mohira.namspi.uz Axborot tizimlari shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 21- iyundagi PQ-289-son qarori 2-ilovasi 8-bandida ko‘rsatilgan topshiiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida institutning barcha o‘quv auditoriyalari, Talabalar turar joylari va institut xududi to‘liq kameralashtirildi va markazlashtirilgan xolda kuzatuv tizimiga ulandi. 


2026-2027 o‘quv yilida markaz o‘z oldiga ta’limni raqamlashtirish borasida ko‘plab vazifalarni qo‘ygan. Jumladan: institut va Talabalar turar joyida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun bepul foydalanishlari uchun 20 ga yaqin WIFI hududlarni tashkil etish, institutda axborot xavfsizligini ta’minlash borasida institut ishchi stansiyalaridan talabalar, xodimlar va professor-o‘qituvchilarga tegishli bo‘lgan konfedensial bo‘lgan ma’lumotlarni sizib chiqib ketishini oldini olish bo‘yicha institut server qurilmalari va ishchi stansiyalariga zamonaviy DLP servislarini ishlab chiqish, zarurat bo‘lganda ularni xarid qilish choralarini ko‘rish.


NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI MARKAZI DBOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFASI:

 

  • Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Oliy taʼlim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
  • “Elektron taʼlim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
  • OTMsidagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
  • Kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
  • OTMsi kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
  • OTMsida Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • OTMsining nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, taʼmirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
  • OTMsining elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
  • OTMsi lokal tarmog‘iga portal bo‘yicha jami maʼlumotlarni kiritish va tahlil etish.
  • Oliy taʼlim muassasasida axborot tizimlari resurslari va maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
  • Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qiladi;
  • Vazirlik axborotlashtirish obyektlarida oshkor kilib bo‘lmaydigan (konfidensial) maʼlumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni Ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to‘liq saqlanishini o‘z zimmasiga oladi.
  • Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi;
  • Markazning yillik va yarim yillik ish rejalarini ishlab chiqadi;
  • Rahbarlik qilayotgan Markaz xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
  • Har chorakda markazning ichki yig‘ilishini o‘tkazadi va ijro intizomi qoniqarsiz xodimlarning ogohlantiradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing