O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik buyruqlari hamda institut rektorining buyruqlari asosida xotin-qizlar bilan ishlash faoliyati tashkil etiladi. Institutdagi ayol pedagog-xodimlar, rahbar va ishchi-xodimlar hamda talaba-qizlarning to‘liq ro‘yxati ularning lavozimi, ilmiy darajasi, yoshi va ijtimoiy holati bo‘yicha shakllantirish va muntazam yangilash. Yana quyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi:
Talaba-qizlarning fakulteti, kursi, guruhi, yashash joyi va ijtimoiy holati o‘rganish, ular bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yish;
“Qizlarjon” klubi Nizomi asosida klub faoliyati tashkil etish, uning ish rejasi, a’zolari ro‘yxati va amalga oshirilgan ishlar ijrosi nazorat qilish;
Talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha to‘garaklar va tadbirlar o‘tkazish;
“Qizlarjon” klubi Nizomi asosida klub faoliyati tashkil etilib, uning ish rejasi, a’zolari ro‘yxati va amalga oshirilgan ishlar ijrosi nazorat qilish;
Talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha to‘garaklar va tadbirlar o‘tkazish;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan yakka tartibda ishlanib, ularga amaliy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rish;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga munosib nomzodlarni aniqlash va tavsiya etish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirish;
Xotin-qizlar kengashining yillik ish rejasi asosida yig‘ilishlar o‘tkazilib, bayonnomalar yuritiladi hamda yarim yillik va yillik hisobotlar tayyorlash;
Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jinoyatchilik, korrupsiya va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etish;
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, nizoli oilalar bilan ishlash, memorandumlar tuzish, konferensiya, seminar va suhbatlar o‘tkazish orqali xotin-qizlar faolligini oshirish.