Namangan davlat pedagogika instituti
Manba havolasi: https://namspi.uz/uz/yangiliklar/320
Gimnastrada jozibasi: harakat, uyg‘unlik va go‘zallik bir maydonda
04 май 2026
Festival davomida jamoalarning chiqishlari nafaqat sport mahorati, balki o‘ziga xos sahnaviy jozibasi bilan ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Rang-barang liboslar, musiqaga mos harakatlar, jamoaviy uyg‘unlik va puxta tayyorgarlik har bir chiqishga alohida ko‘rk bag‘ishladi. Maydondagi har bir harakatda intizom, nafislik, ishonch va yoshlar energiyasi yaqqol sezildi.
Tomoshabinlar esa ushbu go‘zal manzaralarni katta hayajon va olqishlar bilan qarshi olishdi. Ayniqsa, jamoalarning sahna madaniyati, bir maromdagi harakatlari hamda ijodiy yondashuvi festival shukuhini yanada oshirdi.
❮ ❯