info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Memorandumlar

O'sh davlat universiteti va Namangan davlat pedagogika instituti oʻrtasida memorandum imzolandi.

Namangan davlat pedagogika institutiga xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida Qirg’iziston Respublikasining O’sh davlat universitetidan bir guruh professor-o’qituvchilar tashrif buyurdi.

19 октябр 2024 Memorandumlar 10 marta ko‘rilgan

Musiqa ta’limi, nazariya va xor dirijyorligi metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent A.J. Boranbayev, Texnika fanlari nomzodi, dotsent R.R. Abdirasulova, Pedagogika fanlari kafedrasi, dotsenti K.A. Shakirov, Sanoat-pedagogika kolleji o‘qituvchisi E.A.Moldokulova tomonidan institut professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Uchrashuv davomida har ikki tomon koʻzda tutilgan mavzularda fikr almashishdi. Shuningdek, hamkorlik doirasida O'sh davlat universiteti va Namangan davlat pedagogika instituti oʻrtasida memorandum imzolandi.

Uchrashuv soʻnggida har ikki tomon milliy esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing