info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Namangan davlat pedagogika instituti Oydinkoʻl binosida tumanlararo Fuqarolik sudi tomonidan uchrashuv tashkil etildi.

Suhbat davomida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on hamda Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyalari tomonidan xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

16 апрел 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 10 marta ko‘rilgan




 

Suhbat davomida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on hamda Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyalari tomonidan xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. 

Uchrashuvda Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari M. Umarov, I. Ja'farov boshchiligida Milliy gʻoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi va Ijtimoiy ish yoʻnalishi talabalari ishtirok etdilar.

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutasaddilar, ichki ishlar idoralari xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etgan muloqotlarda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, ularni sud orqali himoya qilish asoslari tushuntirildi. Tazyiq va zo‘ravonlik uchun qonunchiligimizda jazo choralari kuchaytirilgani ta’kidlanib, jabrlangan shaxslarning huquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. 

Yakunda bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing