info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Memorandumlar

Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Akademiya Memorandumi imzolandi.

21 октябр 2024 Memorandumlar 14 marta ko‘rilgan

2023-yilning dekabr oyida Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Toshkent viloyatiga amaliy tashrifi davomida Chirchiq davlat pedagogika universitetida ham bo‘lib, o‘zaro hamkorlik qilishga erishilgan edi. Ushbu hamkorlikni davom ettirish maqsadida 14-19-oktabr kunlari NamDPI Talabalar akademiyasi delegatsiyasi CHDPU Yoshlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari universitetning mavjud fakultetlarida bo‘lib, talaba-magistrlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, Start UPlar yaratish, ilmiy-innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi.

Har ikki tomon rahbarlari muntazam tajriba almashish, aloqalarni mustahkamlash, uchrashuvlarning davomiyligini ta'minlash choralari yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.

Uchrashuv yakunida NamDPI Talabalar akademiyasi hamda CHDPU Yoshlar akademiyasi o‘rtasida Akademiya faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan Memorandum imzolandi.

Talabalar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing