info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

"Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul xodimlar bilan uchrashuv' tashkil etildi.

Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov boshchiligida "Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul xodimlar bilan uchrashuv' tashkil etildi.

05 март 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 11 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov boshchiligida "Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul xodimlar bilan uchrashuv' tashkil etildi.




 

Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, Ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini taminlash bo'yicha rektor maslahatchisi M.Xodjayev, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar, TTJ rahbari va tarbiyachilari, institut psixologlari, qavat sardorlari, Yoshlar ittifoqi koordinatorlari, "Qalqon" guruhi vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlar bilan ishlashda mas’uliyatni kuchaytirish hamda mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash mexanizmlarini takomillashtirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, kitobxonlik va ommaviy sport bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilib, yoshlar masalalariga doir ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing