info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“Eng faol kitobxon” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida institut Filologiya kafedrasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-9-son Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar o‘rtasida “Eng faol kitobxon” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

05 март 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 19 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida institut Filologiya kafedrasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-9-son Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar o‘rtasida “Eng faol kitobxon” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.




 

Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa orqali tafakkur doirasini kengaytirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan savol-javoblar, tahliliy fikr-mulohazalar va ijodiy taqdimotlar orqali bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Tanlov jarayoni ochiq va shaffof mezonlar asosida olib borildi.

Tadbirda Filologiya kafedrasi mudiri, PhD, dotsent R. Tillayeva hamda kafedra o‘qituvchisi, PhD S. Qozaqovalar ishtirok etib, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi va intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tanlov yakunida eng faol va bilimdon ishtirokchilar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarda kitobga mehr, ilmga intilish va yuksak ma’naviy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Akademik litsey hamda Filologiya kafedrasi hamkorligida bu kabi tashabbuslarning izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing