info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Rektor va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Yoshlar kuni” doirasida institut rektori tomonidan Ijtimoiy fanlar fakulteti Kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishining bitiruvchi bosqich talabalari bilan alohida uchrashuv tashkil etildi.

05 март 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 12 marta ko‘rilgan

“Yoshlar kuni” doirasida institut rektori tomonidan Ijtimoiy fanlar fakulteti Kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishining bitiruvchi bosqich talabalari bilan alohida uchrashuv tashkil etildi.




 

Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi kasbiy faoliyati, bandlik masalalari hamda oliy ta’limdan keyingi rejalari yuzasidan ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Rektor tomonidan bitiruvchilarni mehnat bozoriga puxta tayyorlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga doir muhim tavsiyalar berildi.

Bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, xususan ishga joylashish, magistraturada ta’limni davom ettirish, xorijiy sertifikatlar olish va kasbiy rivojlanish istiqbollari yuzasidan murojaat qildilar. Uchrashuv davomida qator masalalar yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi, ayrim takliflar esa tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot yakunida bitiruvchilarga o‘z ustida muntazam ishlash, xorijiy tillarni mukammal egallash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish orqali kelajakdagi muvaffaqiyatlariga mustahkam poydevor yaratish zarurligi ta’kidlandi.


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing