info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Karimova E’zozaxon Gapirjanovna Namangan davlat pedagogika institutiga rasmiy tashrif buyurdi.

17 сентябр 2025 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 9 marta ko‘rilgan

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Karimova E’zozaxon Gapirjanovna Namangan davlat pedagogika institutiga rasmiy tashrif buyurdi.




 

Institut rektori B.Xusanov hamrohligida vazir institutning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, o‘quv dasturlari va amaliyotga yo‘naltirilgan tashabbuslar bilan tanishib, ularni yuksak baholadi.

Shuningdek, u talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, Prezidentimiz yoshlarga yaratib berayotgan keng imkoniyat va rag‘batlar haqida so‘z yuritdi.

So‘zining davomida kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muddatidan avval “Abdulla Avloniy” stipendiyasi sohibiga aylangan NamDPI talabasi Begoyim Varisovani samimiy tabrikladi.

Yakunda institut rahbariyati tashrif uchun minnatdorlik bildirib, bunday uchrashuvlar taʼlim sifati va talabalarning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi.


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing