info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Abdulhamid Cho‘lpon — milliy meros va badiiyat sahnasida

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari Namangan viloyat musiqali drama teatrida Andijon yoshlar teatri truppasi tomonidan Usmon Azimning "Kunduzsiz kechalar" asari asosida sahnalashtirilgan Abdulhamid Cho‘lpon spektaklni tomosha qilishdi.

06 сентябр 2025 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 10 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari Namangan viloyat musiqali drama teatrida Andijon yoshlar teatri truppasi tomonidan Usmon Azimning "Kunduzsiz kechalar" asari asosida sahnalashtirilgan Abdulhamid Cho‘lpon spektaklni tomosha qilishdi.




 

Badiiy mahorat, sahna dekoratsiyasi, aktyorlarning jonli ijrosi hamda dramatik lahzalar tomoshabinlar qalbida katta taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir yoshlarning milliy adabiyot, tarix va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, shuningdek, Cho‘lpon ijodidagi vatanparvarlik, erk va ozodlik g‘oyalarining mohiyatini chuqur anglashga xizmat qildi.

Spektakl talabalarning badiiy dunyoqarashi, estetik didi va ma’naviy tafakkurini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday san’at va milliy merosga oid madaniy tadbirlar talabalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarni oshiribgina qolmay vatanparvarlik ruhiyatini yanada chiniqtiradi.


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing