Namangan davlat pedagogika instituti
Manba havolasi: https://namspi.uz/uz/yangiliklar/402
NamDPIda Navroʻzi olam shukuhi
18 март 2025
Navro’z yasharish va yangilanish bayrami. Ushbu bayramda milliy an’ana va qadriyatlar ulug’lanadi va e’tirof etiladi. Navro’z bayramini xalqimiz asrlar davomida keng nishonlab kelmoqda.
Shu munosabat bilan "Navroʻz — qadriyatlar beshigi" haftaligi doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tomonidan milliy qadriyatlarga bag’ishlangan kuy-qo’shiqlar, milliy raqslar, aytishuvlar ijro etildi.
Bu bayram mehr-oqibat, hurmat, mehmondo’stlik timsoli sifatida o’zbek xalqining g’ururi ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
NamDPIda "Navroʻz — qadriyatlar beshigi" shoiri ostida bayram tadbirlari davom etadi.
❮ ❯