info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Ilmiy anjumanlar

"Kurashchilarni tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda psixologik metodlar"

Sportchilarning psixofiziologik holatini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

27 октябр 2025 Ilmiy anjumanlar 28 marta ko‘rilgan

Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, pedagogik va ilmiy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini yuksaltirishda ilmiy anjumanlarning ahamiyati beqiyosdir. Shu ma’noda, 24-25-oktabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi tomonidan "Sportchilarning psixofiziologik holatini o‘rganish muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda Namangan davlat pedagogika institutining Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri S.V. Azizov boshchiligida 1-bosqich magistranti Abdunazar Xamidjonov  "Kurashchilarni tezkor-kuch sifatini rivojlantirishda psixologik metodlar" mavzusida o‘z ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing