Namangan davlat pedagogika instituti
Manba havolasi: https://namspi.uz/uz/yangiliklar/460
Sportning "Gandbol" turi bo‘yicha bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etildi.
22 апрел 2026
Musobaqada jami 8 ta jamoa ishtirok etdi. Shundan 4 ta jamoa yigitlar, 4 ta jamoa qizlar tarkibida o‘zaro kuch sinashdilar.
Bahslar davomida ishtirokchilar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik, tezkorlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida “LOCHINLAR” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqa g‘olibiga aylandi. Qizlar o‘rtasida esa “GULBAHOR” jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
❮ ❯