Namangan davlat pedagogika instituti
Manba havolasi: https://namspi.uz/uz/yangiliklar/482
NamDPI polvonlari Osiyo chempionatida
15 октябр 2025
Joriy yilning 8–11 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Chuvashiya Respublikasida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Jahon kubogi hamda Osiyo chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqalarda Namangan davlat pedagogika instituti talabalari ham faol ishtirok etishib, yuqori natijalarga erishdilar.
Xususan, Osiyo chempionatida 66 kg vazn toifasida Muxlisa Rustamova oltin, 82 kg vazn toifasida Asadbek Abduraxmatov bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Talabalarning ushbu yutugʻi bilan Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda zafarlar tilaydi.
❮ ❯