info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Sport tadbirlari

NamDPIda — Mustaqillik ruhi va sport shijoati!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalari yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

28 август 2025 Sport tadbirlari 10 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan 
sport musobaqalari yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.




 

Tadbir davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlandi. So‘ngra institut rektori sportchilar va ishtirokchilarga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘llab, barcha jamoalarga kuch, shijoat va omad tiladi.
Sport turlari:
 Stol tennisi, 
 mini futbol, 
 stritbol, 
 shashka hamda 
 quvnoq startlar 

Musobaqa davomida barcha jamoalar g‘alaba uchun bor kuchlarini safarbar etib, o‘zaro haqiqiy sport ruhida bellashishdi. Tomoshabinlarga hayajonli daqiqalar, ishtirokchilarga esa unutilmas lahzalar taqdim etildi.

G‘olib va sovrindorlar institut tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring...


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing