Namangan davlat pedagogika instituti
Manba havolasi: https://namspi.uz/uz/yangiliklar/497
Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
09 август 2025
Xususan, Pedagogika fakulteti tyutorlari – M.Asqarov, B.Shermirzayev, B.Ergashev va institut psixologi G.Axadjonova tomonidan Namangan shahridagi 1-sonli maktabga tashrif buyurildi.
Mazkur tashrif davomida mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab o'quvchilari o'rtasida kayfiyatni ko'taruvchi psixologik treninglar va sport musobaqalari o'tkazildi.
Ushbu tashriflar orqali o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularda bilimga, sportga va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsad qilingan.
NamDPIda "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi davom etmoqda.
❮ ❯