info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Korrupsiyasiz ta'lim

“Korrupsiyasiz yoshlar“ mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo’lib oʻtdi.

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova tashabbusi bilan “Korrupsiyasiz yoshlar“ mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo’lib oʻtdi.

20 сентябр 2024 Korrupsiyasiz ta'lim 14 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova tashabbusi bilan “Korrupsiyasiz yoshlar“ mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo’lib oʻtdi.




 

Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Tojimatov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i N.Suyarov, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i M.Nabijonov ishtirok etishdi.

Muloqot chogʻida avvalo, korrupsiya tushunchasi, uni keltirib chiqaruvchi sabablar haqida talabalarga tushunchalar berildi.

Korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, institutda sifatli ta’lim olish uchun barcha sharoit yaratilganligi, ushbu imkoniyatlardan keng foydalanish kerakligi ta’kidlandi.

O'qish davomida muammo va kamchiliklar yuzaga kelganda albatta talabalarga yordam berish institutning har bir xodimi vazifasi ekanligi tushuntirildi.

Uchrashuv soʻnggida talabalar mavzu boʻyicha oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing