info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Ochiq darslar

“STEAM loyihalari orqali bolalarning tadqiqotchilik va muammoli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiramiz”

Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi hamda Namangan shahar “Aqlli bolajonim” DXSH NMTT hamkorligida pedagog-tarbiyachilar, tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari va talabalar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

18 декабр 2025 Ochiq darslar 12 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi hamda Namangan shahar “Aqlli bolajonim” DXSH NMTT hamkorligida pedagog-tarbiyachilar, tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari va talabalar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.




 

Dotsent N. Ismailova tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur mahorat darsining asosiy maqsadi talabalarda STEAM, o‘yin texnologiyalari va tajribalar orqali o‘rganish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, MTT tarbiyachilari va talabalar o‘rtasida tajriba almashish hamda bolalarda ijodkorlik, mantiqiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida MTT direktori Dilbar Rashidova va tajribali tarbiyachilar tomonidan maktabgacha ta’limda 5 ta rivojlanish markazi asosida tashkil etilgan ta’limiy faoliyatlar, noan’anaviy rasm chizish, didaktik o‘yinlar, tabiat bilan tajribalar hamda sensomotorikani rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar namoyish etildi.

Mahorat darsida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari bolalar bilan bevosita hamkorlikda o‘yinlar o‘ynab, rasm chizib, STEAM loyihalar ustida ishladilar va nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing