info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Qabul Yangiliklar

O'qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi

Imtihon jarayonlari Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi “Dinamo” o‘yingohida belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etildi.

17 август 2026 Yangiliklar 36 marta ko‘rilgan

2026-yil 17-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan Namangan davlat pedagogika institutiga o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar uchun Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihon jarayonlari Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi “Dinamo” o‘yingohida belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon davomida talabgorlarning jismoniy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari, sportga oid qobiliyatlari hamda belgilangan me’yorlarni bajarish darajasi baholandi.

Imtihon jarayonlarida ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etilib, barcha talabgorlar uchun teng sharoit yaratildi.

Maqolani ulashing
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing