info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Qabul Ilmiy faoliyat

Namangan davlat pedagogika instituti 2026-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik bosqichlariga qabul e’lon qiladi

Namangan davlat pedagogika instituti 2026-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik bosqichlariga qabul e’lon qiladi

22 июл 2026 Qabul
Namangan davlat pedagogika instituti 2026-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik bosqichlariga qabul e’lon qiladi 22 июл
Ixtisoslik shifri va nomiDoktorantura DScTayanch doktorantura PhDStajyor-tadqiqotchi
1.07.00.01 - O‘zbekiston tarixi021
2.09.00.04 - Ijtimoiy falsafa020
3.10.00.01 - O‘zbek tili120
4.10.00.02 - O‘zbek adabiyoti020
5.13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi131
6.13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)181
7.13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi020
8.13.00.08 - Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi130
9.19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya130

 

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

➡️ Qisqacha biografik ma’lumot 

➡️ Elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda - oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi*.

➡️ Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).

➡️ Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun majburiy emas)

Doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha talablar

➡️ Qisqacha biografik ma’lumotnoma.

➡️ Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi*.

➡️ Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (mustaqil izlanuvchilar (DSc) uchun majburiy emas).

➡️ Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).

➡️ Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi (Mustaqil izlanuvchilar uchun majburiy emas).

Hujjatlarni topshirish tartibi: barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi https://daraja.ilmiy.uz (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali yuboriladi.

Qabul muddati: 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha.

Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti.