info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Yangiliklar

“VATANIM — FAXRIM, IFTIXORIM!” VIDEOROLIKLAR ONLAYN TANLOVI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Vatanim — faxrim, iftixorim!” nomli videoroliklar onlayn tanlovi e’lon qilinadi.

25 июл 2026 Yangiliklar
“VATANIM — FAXRIM, IFTIXORIM!” VIDEOROLIKLAR ONLAYN TANLOVI 25 июл

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Vatanim — faxrim, iftixorim!” nomli videoroliklar onlayn tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
— Vatanimizning betakror manzaralarini o‘zida mujassam etgan videoroliklar;
— Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lini madh etgan videoroliklar;
— Vatanga muhabbat, sadoqat va faxr tuyg‘ularini ifodalovchi videoroliklar;
— Vatanimiz tarixi, milliy qadriyatlari va boy madaniy merosini yoritgan videoroliklar;
— Ishtirokchi yashab turgan hududning go‘zalligi, tarixi va o‘ziga xos jihatlarini madh etgan videoroliklar.

🎬 Videoroliklarni tayyorlashda mavzuning mazmunan to‘liq ochib berilishi, ijodiy yondashuv, tasvirlar sifati, matn, musiqa va kadrlarning o‘zaro uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratiladi.

📆 Ijodiy ishlar 2026-yil 25-avgust kuni soat 20:00 ga qadar qabul qilinadi.



📱 Tanlov uchun tayyorlangan videoroliklarni ishtirokchining familiyasi, ismi, fakulteti va bosqichi haqidagi ma’lumotlar bilan birga @M_Mamadjanov Telegram manziliga yuborish so‘raladi.

Vatan go‘zalligini nigohingiz va ijodingiz orqali namoyon eting!