info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“Gullar fetivalida bir oila, bir jamoa, bir maqsad!”

Namangan shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan 65-xalqaro Gullar festivali doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi xodimlari festival hududiga tashrif buyurdilar.

05 июн 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 2 marta ko‘rilgan
“Gullar fetivalida bir oila, bir jamoa, bir maqsad!” 05 июн

Namangan shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan 65-xalqaro Gullar festivali doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi xodimlari festival hududiga tashrif buyurdilar.




 

Tashrif davomida ishtirokchilar turli mavzularda yaratilgan gul ekspozitsiyalari, ijodiy kompozitsiyalar va zamonaviy bezak elementlarini tomosha qildilar. Festival maydonida namoyish etilgan ranglar jilosi, gullarning betakror tarovati hamda nafis dizayn yechimlari xodimlarda iliq taassurot uyg‘otdi.
 

Mazkur madaniy-ma’rifiy sayohat xodimlarning estetik didini boyitish, tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lish hamda jamoada samimiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Gullar festivalining o‘ziga xos jozibasi, bayramona kayfiyati va go‘zal manzaralari ishtirokchilarga yorqin xotiralar ulashdi.

 

            Festival taassurotlari ARM xodimlarida yurtimizda turizm va madaniyatni rivojlantirish, atrof-muhit go‘zalligini asrash hamda qadrlash borasidagi sa’y-harakatlarga nisbatan yanada katta qiziqish uyg‘otdi.


 


 

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi