info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“Muhandis” — zamonaviy tafakkur va ma’naviyat romani

Aniq va tabiiy fanlar fakultetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Muhandis” nomli romani taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari hamda Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.

23 май 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 2 marta ko‘rilgan
“Muhandis” — zamonaviy tafakkur va ma’naviyat romani 23 май

Aniq va tabiiy fanlar fakultetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Muhandis” nomli romani taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari hamda Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.




 

Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar, zamonaviy inson tafakkuri, ilm-fan, texnika va ma’naviyat uyg‘unligi haqida atroflicha fikr yuritildi. Roman qahramonlari misolida yoshlarni kasbga sadoqat, izlanuvchanlik va ijodkorlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan asarning badiiy xususiyatlari, yozuvchining o‘ziga xos uslubi hamda bugungi o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida qiziqarli mulohazalar bildirildi. Talabalar esa roman yuzasidan o‘z fikr va taassurotlarini bayon etib, muallif ijodiga katta qiziqish bildirdilar. Mazkur tadbir talabalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi