info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

«Rahbar va bitiruvchi yoshlar» uchrashuvi

Yangiqo’rg’on tuman hokimligining majlislar zalida Namangan davlat pedagogika institutini 2025–2026 o’quv yilida tamomlayotgan 135 nafar bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida «Rahbar va bitiruvchi yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.

19 май 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
«Rahbar va bitiruvchi yoshlar» uchrashuvi 19 май

            Yangiqo’rg’on tuman hokimligining majlislar zalida Namangan davlat pedagogika institutini 2025–2026 o’quv yilida tamomlayotgan 135 nafar bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida «Rahbar va bitiruvchi yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.




 

 Uchrashuvda Yangiqo’rg’on tumani hokimi  yoshlar bilan ishlash bo’yicha hokim o’rinbosari    Mehmonov Esonbek, Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, institut prorektorlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari direktorlari hamda sohaga aloqador tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda  Intellektual fanlar va axborot texnologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari ham faol ishtirok etishdilar. Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni ta’lim muassasalariga jalb etish, mavjud bo’sh ish o’rinlari va pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojlar haqida atroflicha fikr almashildi. SHuningdek, yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tezkor moslashuvi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.
             Tadbirda bitiruvchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash bo’yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Uchrashuv ochiq muloqot va amaliy takliflarga boy tarzda o’tdi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi