info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

"Halima Xudoyberdiyeva ijodi-Ma`naviyat va jasorat timsoli"

Namangan davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyotining betakror vakillaridan biri, xalqimizning suyukli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

21 май 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
"Halima Xudoyberdiyeva ijodi-Ma`naviyat va jasorat timsoli" 21 май

Namangan davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyotining betakror vakillaridan biri, xalqimizning suyukli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.




 

Tadbirda Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari  M.Raximjonova, G.Dexkonova, bosh kutubxonachi Z.Shamsiddinova hamda Xorijiy til yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.
          Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga mehr va ehtirom tuyg‘usini kuchaytirish, shoira ijodining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda talabalarning badiiy-estetik dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.
            Tadbir davomida Halima Xudoyberdiyevaning hayoti, ijodiy yo‘li hamda o‘zbek adabiyotidagi munosib o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
            Ayniqsa, Vatanga muhabbat, ona siymosi, ayol qalbi, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’rlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 


 

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi