info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Chempionlar munosib taqdirlandi

Namangan davlat pedagogika institutida yuqori saviyada o‘tkazilgan “Gimnastrada – 2026” sport festivali yakunida eng yuqori natija qayd etgan jamoalar munosib rag‘batlantirildi.

04 май 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
Chempionlar munosib taqdirlandi 04 май

Namangan davlat pedagogika institutida yuqori saviyada o‘tkazilgan “Gimnastrada – 2026” sport festivali yakunida eng yuqori natija qayd etgan jamoalar munosib rag‘batlantirildi.




 

Festivalda 1-o‘rinni egallab, mutlaq g‘olib bo‘lgan Pedagogika fakultetining “Sharq durdonasi”  jamoasi diplom hamda 6 million 800 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

2-o‘rinni egallagan Pedagogika fakultetining “Bahor gullari” jamoasiga diplom hamda 5 million 700 ming so‘m pul mukofoti topshirildi.

3-o‘rinni egallagan Ijtimoiy fanlar fakultetining “Kelajak bunyodkorlari” jamoasi diplom hamda 4 million 600 ming so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

4-o‘rinni egallagan Aniq va tabiiy fanlar fakultetining “Yangi O‘zbekiston yoshlari” jamoasi diplom hamda 3 million 400 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

5-o‘rinni egallagan Ijtimoiy fanlar fakultetining “Namangan oltin qanotlari” jamoasi diplom hamda 2 million 300 ming so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natijalar jamoalarning puxta tayyorgarligi, ijodiy yondashuvi, sportga bo‘lgan ishtiyoqi va jamoaviy birdamligining munosib e’tirofi bo‘ldi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi