Musiqa ta’limi, nazariya va xor dirijyorligi metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent A.J. Boranbayev, Texnika fanlari nomzodi, dotsent R.R. Abdirasulova, Pedagogika fanlari kafedrasi, dotsenti K.A. Shakirov, Sanoat-pedagogika kolleji o‘qituvchisi E.A.Moldokulova tomonidan institut professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Uchrashuv davomida har ikki tomon koʻzda tutilgan mavzularda fikr almashishdi. Shuningdek, hamkorlik doirasida O'sh davlat universiteti va Namangan davlat pedagogika instituti oʻrtasida memorandum imzolandi.
Uchrashuv soʻnggida har ikki tomon milliy esdalik sovgʻalarini topshirishdi.