info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Mazkur taqdimot Namangan davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish, mavjud yutuqlarni e’tirof etish hamda kelgusidagi rejalarni belgilab olishga qaratildi. Taqdimot Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligida o‘tkazildi.

20 апрел 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muhim taqdimot 20 апр

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Mazkur taqdimot Namangan davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish, mavjud yutuqlarni e’tirof etish hamda kelgusidagi rejalarni belgilab olishga qaratildi. Taqdimot Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligida o‘tkazildi.




 

Tadbirda institut rektori B. Xusanov ishtirok etib, dastlab ma’naviy-ma’rifiy sohaning bugungi kundagi ahamiyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘zining muhim fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, rektor ushbu yo‘nalishda yanada samarali ishlash, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Taqdimot davomida:
-talaba-yoshlar o‘rtasida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,
-ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar,
-milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi tashabbuslar, turli tanlov, uchrashuv va davra suhbatlari natijalari keng yoritildi.
Shu bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. Jumladan, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ma’naviy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini oshirish kabi yo‘nalishlarga alohida urg‘u berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim xulosalar qilindi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi