info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

"Ihom mukofoti" Respublika tanlovining institut bosqichi oʻtkazildi!

Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida “Ilhom mukofoti” ta’sis etilgan.

20 апрел 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
"Ihom mukofoti" Respublika tanlovining institut bosqichi oʻtkazildi! 20 апр

Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida “Ilhom mukofoti” ta’sis etilgan.




 

 Namangan davlat pedagogika institutida ham uning birinchi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. 

🇺🇿Tanlovni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev ochib berib, ishtirok etayotgan talabalarga omad tiladi hamda bunday tanlovlar yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Tanlovda 100 nafardan ortiq magistratura va bakalavr bosqichida tahsil olayotgan ijodkor yoshlar ishtirok etib, o'zbek milliy adabiyoti namoyondalarining hayoti va ijodi bo'yicha tuzilgan test sinovlari orqali bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

Tanlovning birinchi bosqichi natijalari tez orada eʼlon qilinadi. G‘oliblar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi