Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan talabalar turar joyida "Zakovat" turniri boʻlib oʻtdi.
Turnirda bevosita Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimi mutaxassisi, pedagog tarbiyachilar, kutubxona xodimasi ham qatnashdilar.
Turnirda 20 ga yaqin jamoa qavatlar kesimida shakllanib, faol ishtirok etdi hamda quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar:
1- oʻrin - "Yosh nihol" jamoasi
2- oʻrin - "Xarizma" jamoasi
3- oʻrin - "Tafakkur" jamoasi
Gʻoliblar institut diplomi hamda esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandilar.
❮ ❯