info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Axsikent – turizm geografiyasining Namangandagi muhim markazi

Namangan davlat pedagogika instituti Geografiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Tabiiy fanlar kafedrasi professor o'qituvchilari M.Qoriyev hamda S.Abduraxmanovlar hamrohligida ichki turizmni rivojlantirish hamda qadimiy tarixiy maskanlarni chuqur o‘rganish maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan, turizm geografiyasining muhim obyektlaridan biri bo‘lgan Axsikent qadimiy yodgorligiga tashrif buyurdilar.

16 апрел 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
Axsikent – turizm geografiyasining Namangandagi muhim markazi 16 апр

Namangan davlat pedagogika instituti Geografiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Tabiiy fanlar kafedrasi professor o'qituvchilari M.Qoriyev hamda S.Abduraxmanovlar hamrohligida ichki turizmni rivojlantirish hamda qadimiy tarixiy maskanlarni chuqur o‘rganish maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan, turizm geografiyasining muhim obyektlaridan biri bo‘lgan Axsikent qadimiy yodgorligiga tashrif buyurdilar.




 

Tashrif davomida talabalar ushbu hududning tabiiy-geografik joylashuvi, qadimiy shahar sifatidagi tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kunda turistik salohiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, Axsikent hududidagi qadimiy inshootlar qoldiqlari, arxeologik topilmalar, hunarmandchilik faoliyatiga oid izlar hamda qadimgi suv ta’minoti tizimlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ochiq osmon ostida tashkil etilgan ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarga tarixiy-geografik muhitni bevosita his etish, o‘tmish va bugun o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash imkonini berdi. Ular o‘zlarini go‘yo qadimgi Axsikent hayotiga kirib borgandek his qilib, yangi bilimlar va unutilmas taassurotlar orttirdilar.

Mazkur tashrif talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, hududiy turizm resurslarini baholash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda milliy merosga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi