info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Qadamjolarga sayohat — tarix va ma’naviyatni anglash maktabi

Chortoq tumani oʻzining soʻlim tabiati, muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari bilan nafaqat viloyat, balki respublika miqyosida ham eʼtiborga sazovor hududlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Bu yerda joylashgan tarixiy obidalar asrlar davomida xalqimizning maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutib kelmoqda. Xususan, Sulton Uvays Qaroniy hamda Bibi Naima ona ziyoratgohlari oʻzining boy tarixi, yuksak maʼnaviy qadriyati va bugungi kunda ziyoratchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur ziyoratgohlar nafaqat ibodat maskani, balki yosh avlodni milliy va maʼnaviy ruhda tarbiyalashda muhim manba hisoblanadi.

16 апрел 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
Qadamjolarga sayohat — tarix va ma’naviyatni anglash maktabi 16 апр




 

Chortoq tumani oʻzining soʻlim tabiati, muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari bilan nafaqat viloyat, balki respublika miqyosida ham eʼtiborga sazovor hududlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Bu yerda joylashgan tarixiy obidalar asrlar davomida xalqimizning maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutib kelmoqda. Xususan, Sulton Uvays Qaroniy hamda Bibi Naima ona ziyoratgohlari oʻzining boy tarixi, yuksak maʼnaviy qadriyati va bugungi kunda ziyoratchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur ziyoratgohlar nafaqat ibodat maskani, balki yosh avlodni milliy va maʼnaviy ruhda tarbiyalashda muhim manba hisoblanadi.

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabalari ushbu ziyoratgohlarga amaliy sayohat uyushtirdilar. 

Sayohat davomida talabalar muqaddas maskanlar tarixi, u yerdagi qadimiy yodgorliklar, xalq orasida saqlanib kelayotgan rivoyat va manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif taʼlim jarayoni bilan uzviy bogʻlangan holda tashkil etilgani bilan ham ahamiyatli boʻldi. Talabalar nazariy bilimlarini amaliy kuzatuvlar bilan boyitib, milliy meros va maʼnaviy qadriyatlarni chuqurroq anglash imkoniga ega boʻldilar. Shuningdek, ularda vatanparvarlik tuygʻulari, tarixga hurmat va madaniy merosni asrab-avaylash masʼuliyati yanada mustahkamlandi


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi