info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qo‘shma qaroriga binoan respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etish vazifasi belgilangan.

13 март 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 13 мар

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qo‘shma qaroriga binoan respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etish vazifasi belgilangan.




 

“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur tuyg‘usini oshirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga va kelajak avlodga qadriyatlarimizni yetkazishga xizmat qiladi.

Bugun Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘ldi o‘tdi. Musobaqani O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo'limi yetakchi mutaxassisi Ruqiya G'oziyeva, Respublika Maʼnaviyat va ma'rifat markazi Namangan viloyati bo'limi bosh mutaxassisi Dilbarxon G'aybullayeva, Namangan viloyati musiqali drama teatri 1-toifali aktyori Furqatjon Raimjonovlar odilona baholab borishdi.

Ishtirokchilar 3 ta shart bo'yicha o'z iqtidorlarini sinovdan o'tkazishdi:

1-shart: Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar;
2-shart: Kompozitsion musiqiy chiqishlar; 
1-shart: Jadidlar jasorati - millatimiz faxri.

Murosasiz kechgan ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalari bilan tanishing:

1-o‘rin: Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi;
2-o‘rin: Namangan davlat texnika unversiteti jamoasi;
3-o‘rin: Namangan davlat chet tillari instituti jamoasi;

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan NamDPI jamoasi ko‘rik-tanlovning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi