info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Namangan davlat pedagogika institutida "Navroʻzni ulugʻlash insonni ulugʻlashdir!" shiori ostida Navroʻz sayli ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi

Mazkur bayram tadbiriga Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim, yurtimizning xizmat ko‘rsatgan artistlari hamda shoir va shoiralar tashrif buyurib, bayramga alohida fayz bag‘ishladilar. Mehmonlar institut rektori B.Xusanov boshchiligida samimiy ruhda kutib olindi.

26 март 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
Namangan davlat pedagogika institutida "Navroʻzni ulugʻlash insonni ulugʻlashdir!" shiori ostida  Navroʻz sayli ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi 26 мар

Mazkur bayram tadbiriga Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim, yurtimizning xizmat ko‘rsatgan artistlari hamda shoir va shoiralar tashrif buyurib, bayramga alohida fayz bag‘ishladilar. Mehmonlar institut rektori B.Xusanov boshchiligida samimiy ruhda kutib olindi.




 

Shundan so‘ng sayil jarayonlari boshlandi. Talabalar tomonidan tayyorlangan milliy bayram dasturxonlari mehmonlarga taqdim etilib, har bir ko‘rgazma o‘zining betakrorligi, milliy an’analarimizga boyligi bilan ajralib turdi. Shuningdek, talabalar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar bayramga yanada shukuh va zavq bag‘ishladi. Navroʻz sayli davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va yoshlarning ijodiy salohiyati yorqin namoyon bo‘lib, ushbu ayyom barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Tadbir yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda barchaning ishtirokida esdalik suratlariga tushildi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi