info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

YOSHLAR KUNI DOIRASIDA REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Namangan davlat pedagogika institutida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv ochiq muloqot, samimiy fikr almashuv va yangi tashabbuslar maydoniga aylandi.

28 феврал 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
YOSHLAR KUNI DOIRASIDA REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI 28 фев

Namangan davlat pedagogika institutida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv ochiq muloqot, samimiy fikr almashuv va yangi tashabbuslar maydoniga aylandi.




 

Tadbirda institut rektori B.Xusanov, soha prorektorlari hamda tashabbuskor va faol talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar — ta’lim sifati, amaliyot jarayonlari, ilmiy faoliyat, stipendiya va ijtimoiy loyihalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Har bir savol e’tibor bilan tinglanib, aniq va batafsil javoblar berildi.

Eng muhimi, bu uchrashuv bir tomonlama hisobot emas, balki ikki tomonlama ochiq muloqot tarzida kechdi. Talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar institut rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi