info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Qabul Yangiliklar

FARZAND KELAJAGI — TO‘G‘RI TANLOV VA KATTA IMKONIYATLARDAN BOSHLANADI

Namangan viloyatidagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashkil etilgan ota-onalar kutish hududida Namangan davlat pedagogika instituti mas’ul xodimlari tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

22 июл 2026 Yangiliklar
FARZAND KELAJAGI — TO‘G‘RI TANLOV VA KATTA IMKONIYATLARDAN BOSHLANADI 22 июл

Namangan viloyatidagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashkil etilgan ota-onalar kutish hududida Namangan davlat pedagogika instituti mas’ul xodimlari tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Bu yerda farzandlarining test sinovlaridan chiqishini intiqlik bilan kutayotgan ota-onalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etilmoqda. Ular farzandlarini duo va ezgu tilaklar bilan kutar ekan, institut vakillari tomonidan ota-onalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilmoqda.

Muloqotlar davomida Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov tomonidan oliy ta’lim tizimida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, Namangan davlat pedagogika instituti talaba-yoshlarining erishayotgan yutuqlari, ta’lim olishi va rivojlanishi uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida ota-onalarga batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, institutning ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik dasturlari, grant va stipendiyalar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Targ‘ibot tadbirlarida fakultetning volontyor talabalari ham faol ishtirok etib, ota-onalar va abituriyentlarga institutning maxsus targ‘ibot materiallarini tarqatdilar.

Farzandning kelajagi — ota-onaning eng katta orzusi. To‘g‘ri tanlov esa ana shu orzular sari tashlangan muhim qadamdir.