info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

"REKTOR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI OʻTKAZILDI

Bugun Namangan davlat pedagogika instituti faollar zalida institut rektori Bahodir Xusanovning 1-bosqich talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

18 феврал 2025 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
"REKTOR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI OʻTKAZILDI 18 фев

Bugun Namangan davlat pedagogika instituti faollar zalida institut rektori Bahodir Xusanovning 1-bosqich talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.




 

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqotda talaba-yoshlar tomonidan 30 dan ortiq turli taklif va savollar berib oʻtildi.
Xususan, 
Institut targʻibotini kuchaytirish maqsadida "Talabalar karvoni" loyihasini tashkil qilish;

Kitobxonlik madaniyatini oshirish doirasida "Mutolaa debati"ni amalga oshirish;

Talabalarda liderlik qobiliyatini kuchaytirish maqsadida "Rektor bilan bir kun" loyihasini tashkil etish;

Institutda media muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish borasida "Zamonaviy media burchak" loyihasini amalga oshirish;

Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda "Yosh amaliyotchilar" loyihasini tashkil qilish.

Rektor hamda prorektorlar, fakultet dekanlari tomonidan talabalarning savollariga batafsil javob berilib, takliflar boʻyicha rektor tomonidan aniq koʻrsatmalar berildi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi