info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“Nazm va navo” maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

12-fevral kuni Namangan davlat pedagogika institutida Buyuk buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

12 феврал 2025 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
“Nazm va navo” maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 12 фев

12-fevral kuni Namangan davlat pedagogika institutida Buyuk buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.




 

Tadbirda, institut rektori Bahodir Xusanov hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Safo Matchonov ikki buyuk siymoning davlat va jamiyat, shu bilan birga, dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni, asrlar davomida oʻrganilib kelinayotgan boy tarixi xususida soʻz yuritishdi.

Ma’rifiy kechada, buyuk mutafakkir hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan chiqishlar va rasmlar koʻrgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, shoir qalamiga mansub g'azallar professor-oʻqituvchilar hamda talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Institutga tashrif buyurgan mehmonlar ham ushbu maʼnaviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etib, boy taassurot bilan qaytishdi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi