info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“Sening tashabbusing – sening kelajaging” shiori ostida “Qizlar forumi” tashkil etildi.

Namangan davlat pedagogika institutida 11-oktabr “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan “Qizlar forumi” o‘tkazildi.

09 октябр 2024 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan
“Sening tashabbusing – sening kelajaging” shiori ostida “Qizlar forumi” tashkil etildi. 09 окт

Namangan davlat pedagogika institutida 11-oktabr “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan “Qizlar forumi” o‘tkazildi.




 

Forumda qizlar o‘rtasida: Kitobxonlik
 Karving san'ati
 Salat tayyorlash
 Rasmlar tanlovi
 Shaxmat-shashka musobaqalari o‘tkazildi.

 Forumda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov, institut rektori Bahodir Xusanov hamda M-faktor loyihasi asoschisi Xasan Mamasaidovlar mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Tashrif buyurgan mehmonlarga talabalar tomonidan savollar va takliflar bildirildi. Samimiy suhbat ruhida davom etgan uchrashuvda “Qizlar forumi” ishtirokchilari o‘z badiiy chiqishlari bilan qatnashdilar. Institutning iqtidorli yigitlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Shundan so‘ng, forum doirasida o‘tkazilgan tadbir va loyihalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-qizlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi