info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Sport tadbirlari

MARRA SARI ISHONCHLI QADAM: NAMDPI TALABASI BIRINCHI!

Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar musobaqasi tashkil etildi

22 май 2026 Sport tadbirlari 1 marta ko‘rilgan
MARRA SARI ISHONCHLI QADAM: NAMDPI TALABASI BIRINCHI! 22 май

Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar musobaqasi tashkil etildi




 

Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar musobaqasi yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, sog‘lom hayotga intilishi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini yana bir bor namoyon etdi.

Mazkur sport bellashuvida Namangan davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ham munosib ishtirok etib, institut sha’nini yuqori natijalar bilan himoya qildilar.

Quvonarlisi, 18–29 yosh toifasida Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi JSM-BU-24 guruhi talabasi Sobirjanov Saydullo raqiblar orasida o‘zining tezkorligi, bardoshi va qat’iy irodasi bilan ajralib turib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu g‘alaba — NamDPI talaba-yoshlarining nafaqat ilmda, balki sport maydonlarida ham faol, tashabbuskor va g‘oliblikka munosib ekanining yorqin ifodasidir.
Institut jamoasi nomidan g‘olib talabamizni samimiy muborakbod etamiz.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi