info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Sport tadbirlari

Sport-sog'lik kafolati

Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi I. Ja’farov tashabbusi bilan futbol musobaqasi tashkil etildi.

04 май 2026 Sport tadbirlari 1 marta ko‘rilgan
Sport-sog'lik kafolati 04 май

Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi I. Ja’farov tashabbusi bilan futbol musobaqasi tashkil etildi.




 

Mazkur musobaqa yuqori ruh, sportga xos raqobat va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini ishga solib, tomoshabinlarga qiziqarli va esda qolarli o‘yinlar taqdim etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin — Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari
2 -o‘rin — Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich talabalari
3 -o‘rin — Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabalari

G‘olib jamoa ko‘chma kubokni qo‘lga kiritib, musobaqaning eng faol jamoasi sifatida e’tirof etildi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi