info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Sport tadbirlari

"Amir Temur vorislari" harbiy-sport musobaqasi oʻtkazildi

Namangan davlat pedagogika institutida "Amir Temur vorislari"  harbiy- sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

08 апрел 2026 Sport tadbirlari 1 marta ko‘rilgan
"Amir Temur vorislari" harbiy-sport musobaqasi oʻtkazildi 08 апр

Namangan davlat pedagogika institutida "Amir Temur vorislari"  harbiy- sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.




 

Musobaqani institut birinchi prorektori A. Isoqboyev tantanali ravishda ochib berib, bu kabi tadbirlar yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda ularda jasorat, matonat va intizom kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, u barcha ishtirokchi talabalarga omad va yuksak natijalar tiladi.

Musobaqa davomida talabalar turli harbiy-amaliy va sport yo‘nalishlarida o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechib, ishtirokchilarning jipsligi, tezkorligi hamda jismoniy chiniqqanligi namoyon bo‘ldi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi