Tadbir davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlandi. So‘ngra institut rektori sportchilar va ishtirokchilarga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘llab, barcha jamoalarga kuch, shijoat va omad tiladi.
Mazkur musobaqa stol tennisi, mini futbol, stritbol, shashka hamda quvnoq startlar boʻyicha oʻtkazilgan boʻlib, jamoalar g‘alaba uchun bor kuchlarini safarbar etib, o‘zaro haqiqiy sport ruhida bellashishdi.
Musobaqa soʻnggida g‘olib va sovrindorlar institut tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
❮ ❯