info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Sport tadbirlari

NamDPI talabasi Respublika kibersport bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Namangan shahridagi IT Park Namangan viloyati filialida “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona-2025” respublika musobaqasining Namangan viloyati saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

21 июн 2025 Sport tadbirlari 1 marta ko‘rilgan
NamDPI talabasi Respublika kibersport bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi 21 июн

Namangan shahridagi IT Park Namangan viloyati filialida “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona-2025” respublika musobaqasining Namangan viloyati saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.




 

Mazkur musobaqa 4 ta yo‘nalishda tashkil etilib, unda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasining jamoalari ishtirok etdi. Har bir jamoa 13 nafardan ishtirokchidan iborat bo‘ldi.

Ushbu musobaqada Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Abbos Ahmadjanov FC25 yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, joriy yilning 23–25 iyun kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Talabamizga kelgusi bosqichda ham  omad tilaymiz!


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi