info@namspi.uz +998 69 211-10-97
O‘quv-ilmiy metodik markazlar faoliyati

NAMDPINING NAVBATDAGI O'QUV METODIK MARKAZI MINGBULOQDA OCHILDI

Mingbuloq tumani 38-umumta'lim maktabida Namangan davlat pedagogika institutining Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o'quv metodik markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

11 апрел 2025 O‘quv-ilmiy metodik markazlar faoliyati 1 marta ko‘rilgan
NAMDPINING NAVBATDAGI O'QUV METODIK MARKAZI MINGBULOQDA OCHILDI 11 апр

Mingbuloq tumani 38-umumta'lim maktabida Namangan davlat pedagogika institutining Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o'quv metodik markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.




 

Marosimda institut rektori B.Xusanov boshchiligida institut professor-oʻqituvchilari, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri O.Ho'jayev hamda tumandagi maktab direktorlari ishtirok etishdi.

Marosim avvalida institut jamoasi mazkur maktab oʻquvchi-yoshlarining startap loyihalari, qoʻl mehnatiga asoslangan ishlarini koʻzdan kechirishdi.

MAQSAD — tumanda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, dunyoning ilg‘or ta’lim amaliyotlari uchun ma’rifiy makonni yaratish, sifatli ta’lim tizimi uchun hamkorlikda harakat qilish.

VAZIFALAR — umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish; dual taʼlim doirasida  4+2 tizimini maqsadli va samarali tashkil etish; umumta'lim maktablariga o'quv-uslubiy metodik yordam berish; maktab va institut o'rtasidagi hamkorlik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish; ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi tajribasini o‘rganish, o‘rgatish va ommalashtirish.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi