info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Korrupsiyasiz ta'lim

Shaffoflik va akademik madaniyat: magistratura bosqichida dolzarb masalalar muhokamasi

Namangan davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistratura mutaxassisliklari magistrlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

02 март 2026 Korrupsiyasiz ta'lim 1 marta ko‘rilgan
Shaffoflik va akademik madaniyat: magistratura bosqichida dolzarb      masalalar muhokamasi 02 мар

Namangan davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistratura mutaxassisliklari magistrlari bilan uchrashuv tashkil etildi.




 

Mazkur uchrashuv O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Abdunazarov boshchiligida o‘tkazilib, unda O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i M. Asqarova, Magistratura bo‘limi boshlig‘i M.To‘raboyeva hamda institut rahbariyatining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish, yakuniy nazorat natijalarining tahlili, magistrantlarning dars jarayonidagi ishtiroki va davomat ko‘rsatkichlari, shuningdek, institutda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ochiq va konstruktiv muloqot tarzida o‘tkazilib, magistrantlar tomonidan bildirilgan taklif va savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.Mazkur uchrashuv ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, akademik intizomni mustahkamlash hamda sog‘lom va shaffof taʼlim muhitini taʼminlashga xizmat qiladi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi