info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Kafedralar faoliyati

TONGGI AQL MARAFONI

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalari kafedrasi oʻqituvchisi Mirzaakbarov Abdurasul, Mamayusupova Muattar hamda Boshlangʻich ta’lim yo'nalishi BTS-CU-24 guruhi talabalari tomonidan 06.05.2026 kuni "Tonggi aql marafoni" tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, talabalarning matematik bilimlarini mustahkamlash edi.

20 май 2026 Kafedralar faoliyati 1 marta ko‘rilgan
TONGGI AQL MARAFONI 20 май

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalari kafedrasi oʻqituvchisi Mirzaakbarov Abdurasul, Mamayusupova Muattar hamda Boshlangʻich ta’lim yo'nalishi BTS-CU-24 guruhi talabalari tomonidan 06.05.2026 kuni "Tonggi aql marafoni" tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, talabalarning matematik bilimlarini mustahkamlash edi.




 

Marafon davomida talabalar hamda oʻqituvchilar uchun berilgan turli qiziqarli matematik mantiqiy savollar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali tonggi kayfiyat oshirishga erishildi. Shuningdek, eng faol qatnashgan talabalar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash va muammoli vaziyatlarga yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, matematik topshiriqlarni ijodiy yondashuv asosida bajarishga harakat qildilar. Marafon ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda fanlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Mazkur tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni mustaqil va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Kelgusida ham shu kabi innovatsion va motivatsion tadbirlarni muntazam tashkil etish rejalashtirilgan.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi