info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Yoshlar akademiyasi

Yoshlar Akademiyasi bilan yangi imkoniyatlar sari

Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida tashkil etilgan Yoshlar akademiyasi faoliyatini keng targ‘ib etish hamda yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga jalb qilish maqsadida Namangan viloyati oliy ta'lim muassasalari Yoshlar akademiyasi liderlari hamkorligida talabalar uchun uchrashuv tashkil etildi.

27 феврал 2026 Yoshlar akademiyasi 1 marta ko‘rilgan
Yoshlar Akademiyasi bilan yangi imkoniyatlar sari 27 фев

Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida tashkil etilgan Yoshlar akademiyasi faoliyatini keng targ‘ib etish hamda yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga jalb qilish maqsadida Namangan viloyati oliy ta'lim muassasalari Yoshlar akademiyasi liderlari hamkorligida talabalar uchun uchrashuv tashkil etildi.




 

Tadbirda Namangan davlat pedagogika institutining Yoshlar akademiyasi liderlari hamda a'zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, Yoshlar akademiyasining maqsad va vazifalarini yanada chuqurroq anglatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur seminar-trening yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish, shuningdek, akademiya doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

👌 Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o'z hissangni qo'sh!


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi