info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Ekofaol talabalar

Namangan davlat pedagogika institutida “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” doirasida “Ekologik ta’limdan ekologik innovatsiya sari” shiori ostida ko‘rgazmali bayram tadbiri tashkil etildi.

30 апрел 2025 Ekofaol talabalar 1 marta ko‘rilgan
Namangan davlat pedagogika institutida “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi 30 апр

Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” doirasida “Ekologik ta’limdan ekologik innovatsiya sari” shiori ostida ko‘rgazmali bayram tadbiri tashkil etildi.




 

Tadbirda institut prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda hamkor tashkilotlar — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Namangan shahar kengashi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni ekologik bilimlar asosida maishiy chiqindilardan maqsadli foydalanish va ta’limda turli innovatsion kompozitsiyalar ishlab chiqishga jalb qilishdan iborat bo‘ldi.

Talabalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar hakamlar hay’ati tomonidan turli nominatsiyalarda baholandi va g‘oliblar institutning maxsus sertifikati, kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi